APL va A Seriya klublari Langlega da'vogarlik qilishmoqda

Mirjalol Normatov
26 iyun 2022, 19:17
"Barselona" futbolchisi Kleman Langle faoliyatini Italiya yoki Angliyada davom ettirishi mumkin.

Uning xizmatlariga "Tottenxem" hamda "Roma" klublari tomonidan qiziqish bo'lmoqda. Ikkala klub ham 27 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olish niyatida.

"Barselona" fransiyalik himoyachining xizmatlaridan voz kechgan va mavsumlar oralig'ida boshqa jamoaga ketishiga qarshilik qilmaydi.

O'tgan mavsumda u 21 o'yinda maydonga tushdi va 1 golga assist bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal