

Bellashuv taqdirini hal qilgan yagona golni “Everton” himoyachisi Maykl Kin 24-daqiqada o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Bu bilan “Everton” APL doirasida uchta uchrashuvdan buyon davom etayotgan mag'lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.
“Tottenhem” esa ochkolari sonini 48 taga etkazib, turnir jadvalining 8-pog'onasiga ko'tarildi. “Everton” 44 ochko bilan 11-pog'onada bormoqda.



