APL tarixidagi eng kech golga kim mualliflik qildi?

Sherzod Nurmatov
22 yanv 2024
APLning 21-turida "Sheffild Yunayted" "Vest Xem" bilan sermahsul durang o'ynadi – 2:2.

Oli Makberni penaltini golga aylantirib, jamoasi durang qayd etishida hissa qo'shdi.

Qizig'i shundaki, Makbernining goli Angliya Premer-ligasi tarixida ushbu statistika yuritila boshlanganidan beri (2006/2007 yilgi mavsumdan boshlab) eng kuch urilgan gol bo'ldi. Hujumchi 103-daqiqada "bolg'achilar" darvozasini ishg'ol qildi.

Bungacha chempionat tarixidagi eng kech kiritilgan to'p Dirk Kyuytning 2011 yilda "Arsenal"ga urgan goli bo'lgandi. Niderlandiyalik futbolchi "kanonirlar" darvozasini 102-daqiqada ishg'ol qilgan.

"Sheffild Yunayted" APL musobaqa jadvalida oxirgi o'rinda bormoqda. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Opta