APL. “Sheffild” safarda “Nyukasl”ga yirik hisobda engildi va kuchli beshlikka qaytish imkoniyatini qo'ldan chiqardi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
21 iyun 2020, 19:50
Angliya chempionati 30-turi doirasida “Sent-Jeyms Park”da o'tgan bellashuv o'z nihoyasiga etdi.

Uchrashuvda mezbonlar 3:0 natijasi bilan zafar quchishdi. Gollarni yarim himoyachilar Alen Sen-Maksimen, Mett Richi, shuningdek, hujumchi Joelinton urdi.

Mazkur g'alabadan keyin Stiv Bryus shogirdlari ochkolari sonini 38taga etkazgan holda jadvalda 12-o'ringa ko'tarildi. “Sheffild” esa “Vulverxempton” va MYUdan o'zib ketish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Nyukasl – Sheffild Yunayted 3:0

Sent-Jeyms Park

Gollar: 1:0 – 55 Sen-Maksimen, 2:0 – 69 Ritchi, 3:0 – 78 Joelinton.

Nyukasl – Dubravka, Mankilo, Fernandes, Rouz, Lassels, Sen-Maksimen (Bentaleb, 79), Shelvi (Sher, 85), Ritchi (Yedlin, 90), Xeyden, Almiron (Lazaro, 85), Joelinton (Kerroll, 79).

Sheffild Yunayted – Xenderson, Stivens, Igan, Robinson, Boldok, Norvud, Flek (Frimen, 73), Berge (Landstrem, 66), Bashem, Makberni (Frimen, 85), Sharp (Jivkovich, 74).

Ogohlantirishlar: Joelinton (31), Igan (31), Lassels (70).

Chetlatish: Igan (50).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia