APL qayta boshlanmasa, klublar 800 million evro yo'qotishi mumkin

Mirjalol Normatov
18 mar 2020, 19:25
APLning "Sky Sports" va "BT Sport" telekanallari liga klublaridan 800 mln evro talab qilishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, agarda APL o'yinlari qayta boshlanmaydigan bo'lsa, APL klublari katta summaga tushishlari mumkin.

Gap shundaki, "Sky Sports" 128, "BT Sport" esa 52 o'yinning to'g'ridan-to'g'ri teletranslyatsiya qilish huquqiga ega. Klublar ham buni to'lashni istashmayapti. Yaqin vaqtlar ichida bu borada sud boshlanishi mumkin.

4 aprelga qadar qoldirilgan APL o'yinlarining qayta bo'lish yoki bo'lmasligi so'roq ostida qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail