APL. Oxirgi 2 turda muxlislar stadionlarga qaytadi

Eldor Akmurzayev
5 may 2021, 20:35
Angliya Premer-ligisi 37 va 38-tur uchrashuvlari muxlislar kuzatuvi ostida o'tkazilishi mumkin.

Bu Buyuk Britaniya hukumati karantin cheklovlarini yumshatgan taqdirda amalga oshadi.

Stadionlarga faqatgina mezbon jamoa ishqibozlari cheklangan miqdorda kiritiladi. APL rasmiy sayti bergan xabarga ko'ra, mezbon muxlislarini qabul qilish, keyingi mavsumda to'la stadionlarni qaytarish uchun birinchi qadam hisoblanadi.

“Liverpul” esa mavsumiy chiptaga ega bo'lgan 10,000 nafar muxlisni tribunaga qo'yishini ma'lum qildi.

Angliya chempionati 37-tur bahslari 19 may, oxirgi tur esa 23 may sanasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: premierleague.com