

"Shaharliklar" ligadagi qolgan to'rtta o'yinning uchtasini uyda o'tkazadi. Xosep Gvardioladan bu qanchalik muhimligi so'raldi.
"Nima deyishim mumkin? Menga uyda o'ynash yoqadi. Umid qilamanki, "Arsenal"ga bosim o'tkaza olamiz. Biz qila oladigan yagona narsa - o'yinlarimizda g'alaba qozonish", – dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
"Manchester Siti" mavsum tugaguniga qadar "Brentford" (uyda), "Kristal Pelas" (uyda), "Bornmut" (safarda) va "Aston Villa" (uyda) bilan o'ynaydi.



