APL. Oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun nomzodlar ma'lum

Sherzod Nurmatov
3 noya 2022, 18:32
Angliya Premer-ligasi oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lishga da'vogar sifatida tanlab olingan 8 nafar futbolchi nomini e'lon qildi.

1. Migel Almiron ("Nyukasl") - 6 o'yin, 6 gol.

2. Kepa Arrisabalaga ("Chelsi") - 6 o'yin, 1 mag'lubiyat, 3 "quruq" o'yin, 22 seyv.

3. Kevin de Bryuyne ("Man Siti") - 6 o'yin, 2 gol, 3 assist.

4. Bruno Gimaraynsh ("Nyukasl") - 6 o'yin, 2 gol, 2 assist.

5. Erling Holand ("Man Siti") - 4 o'yin, 6 gol, 2 assist.

6. Kiran Tripper ("Nyukasl") - 6 o'yin, 2 gol, 3 "quruq" o'yin. 

7. Leandro Trossard ("Brayton") - 6 o'yin, 5 gol.

8. Granit Jaka ("Arsenal") - 5 o'yin, 2 gol.


Ovoz berish jarayoni 7 noyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:00 gacha davom etadi. Ushbu havola orqali o'zingiz munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berishingiz mumkin. Muxlislarning ovozlari ekspertlar ovozlari bilan birga hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com