APL. Mourinyuning "shporlar"i "bo'rilar" bilan o'yinda ochko yo'qotdi

28 dek 2020, 02:18
Angliya chempionatining 15-turi doirasidagi yana bir bahs yakuniga etdi.

"Vulverxempton" maydonida mehmon bo'lgan "Tottenxem" Londonga 1 ochko bilan qaytadigan bo'ldi. Uchrashuvda hisob "shporlar" yarim himoyachisi Ndombele tomonidan ochilgan bo'lsa, Romen Saiss 86-daqiqada yakuniy hisobni o'rnatdi. 

TURNIR JADVALI

Vulverxempton – Tottenxem 1:1 

28 dekabr, 00.15, "Moline Stedium"

Gollar:

0:1 – 1 Ndombele, 1:1 – 86 Saiss.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Semedu, Marsal (Ait-Nuri, 75), Koudi, Saiss, Ruben Nevesh, Moutinyu (Otasoui, 83), Traore, Podense (Vitinya, 90), Netu, Fabiu Silva.

Tottenxem – Loris, Doerti, Regilon (Bergveyn, 63), Sanches, Dayer, Ndombele (Sissoko, 70), Uinks, Son Xyn Min (Lamela, 84), Xeyberg, Devis, Keyn.

Ogohlantirishlar:

Uinks (45), Podense (46), Koudi (58), Marsal (68), Semedu (70).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia