APL. Mourinyo Kontedan revansh oladimi? MYU - "Chelsi" prevyusi

Narzulla Saydullayev
16 apr 2017, 13:09
Bugun Angliya Premer-ligasida 33-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Quyida turning markaziy bahsi bo'lgan "Manchester Yunayted" - "Chelsi" qarama-qarshiligiga bag'ishlangan prevyuni e'tiboringizga havola etamiz.

APL, 33-tur
"Manchester Yunayted" – "Chelsi"
16.04.2017, 20:00
"Old Trafford"

Taxminiy tarkiblar:

MYU: De Xea – Valensiya, Bayi, Roxo, Blind – Pogba, Errera – Lingard, Mxitaryan, Rashford – Ibragimovich.

Chelsi: Kurtua – Aspilikueta, Luis, Kexill – Mozes, Matich, Kante, Alonso – Villian, Azar – Kosta.

O'ynamaydi: Smolling, Jons, Mata - …

So'roq ostida: Runi, Yang - …

To'purarlar: Ibragimovich (17) – Kosta (17).

Bosh hakam: Robert Madli - 24ta o'yin, 98ta sariq va 1ta qizil kartochka.




Qiziq:

- "Manchester Yunayted" Premer-ligada "Chelsi"ni sakkizta o'yindan beri mag'lub eta olmayapti (4 durang, 4 mag'lubiyat). Bu MYU uchun chempionatdagi bir jamoa bilan bog'liq eng uzun g'alabasiz seriya ;
- Antonio Konte "Chelsi" tarixida Glenn Xoddl (1993/1994), Joze Mourinyo (2004/2005) va Karlo Anchelotti (2009/2010)lardan keyin "qizil iblislar"ni bir mavsumda ikki bor mag'lub etgan to'rtinchi murabbiyga aylanishi mumkin;
- Zlatan Ibragimovich oxirgi 17ta Premer-liga o'yinida 18ta golda ishtirok etgan (13ta gol, 5ta golli pas).



Murabbiylar fikrlari

Joze Mourinyo ("Manchester Yunayted" bosh murabbiyi): "Siz bu o'yinni ehtiroslarga boy deyapsiz, lekin men uchun bu oddiy o'yin. Boshqa uchrashuvlar kabidir. Bundan ortiq emas".

Antonio Konte ("Chelsi" bosh murabbiyi): "Biz o'yinni taktik g'oyalar asosiga qurishga urinamiz va himoyalanish uchun eng yaxshi variantlardan foydalanamiz. Chunki, ertaga juda qiyin bo'ladi".



Angliya Premer-ligasi turnir jadvali >>> APL

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia