APL. Mavsumdagi ikkinchi qizilini olgan Kazemiro nechta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi ma'lum

Eldor Akmurzayev
13 mar 2023, 10:01
Bu haqda Britaniya nashrlari xabar bermoqda.

APL 27-turi doirasida “Sautgempton”ga qarshi bahsda “Manchester Yunayted” xavbeki Kazemiro raqibga qo'pollik ishlatgani uchun bosh hakam Entoni Teylor tomonidan maydondan chetlatildi. Braziliyalik 4 fevral kuni “Kristal Pelas”ga qarshi bahsda Uill Xyuzning tomog'idan bo'g'gani uchun qizil kartochka olgandi.

Kazemironi endi 4 o'yinlik diskvalifikaciya kutmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports