APL. Mavsum futbolchisi, murabbiyi va eng yomon jamoa aniqlandi

Eldor Akmurzayev
25 mar 2020, 20:58
Britaniyaning “The Guardian” nashri koronavirus tufayli to'xtab qolgan Premer-liga 2019/20 yilgi mavsumining eng yaxshilarini aniqlashga qaror qildi.

Eng yaxshi o'yinchi sifatida “Liverpul” vingeri Sadio Mane tan olindi. U 26 bahsda qatnashib, o'z hisobiga 14ta gol va 9 pas yozdirib qo'ydi.

Eng yaxshi yosh futbolchi deb “Vulverxempton” yarim himoyachisi Adama Traore (4+7 natija) topildi.

“Manchester Siti” a'zosi Kevin de Bruynening “Nyukasl”  (2:2) darvozasiga kiritgan to'pi, mavsumning eng yaxshi goli bo'ldi.

Eng yaxshi murabbiy – Kris Uaylder (“Sheffild Yunayted”);

Eng yaxshi transfer – Denni Ingz (“Liverpul”dan “Sautgempton”ga);

Eng yaxshi o'yin – 19-turdan o'rin olgan, “Vulverxempton” – “Manchester Siti” 3:2 bahsi.

“Tottenxem” esa mavsumning eng yomon jamoasiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Guardian