APL. Mavsum futbolchisi aniqlandi

12 may 2019, 16:18
Joriy mavsum Angliya premer-ligasining eng yaxshi o'yinchisi nomi e'lon qilindi.

So'rovnoma natijasiga ko'ra, "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk 2018/2019 yilgi mavsumda APLning eng yaxshi o'yinchisi deb etirof etildi.

27 yoshli gollandiyalik ushbu sovrin uchun kurashda Rahim Sterling, Eden Azar va jamoadoshi Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Van Deyk "Liverpul" klubiga 2018 yili yanvarda 75 million funt (95 mln. dollar) evaziga "Sautgempton"dan o'tgandi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com