APL. Mavsum davomida belgilangan penaltilar bo'yicha rekord yangilandi

Eldor Akmurzayev
9 may 2021, 23:40
Angliya chempionati 35-turidan o'rin olgan “Aston Villa” – MYU bahsida mehmonlar 3:1 hisobida g'alabaga erishdi.

“Qizil iblislar” tarkibida gollardan birini penaltidan Brunu Fernandesh urdi.

Opta portali xabar berishicha, bu joriy mavsumda belgilangan 113-penalti bo'ldi va bu musobaqaning yangi rekordi hisoblanadi.

Avvalgi natija esa 2006/07 yilgi mavsum qayd etilgandi – 112 ta.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta