

Uchrashuvda “shaharliklar” hujumchisi Serixo Aguero qahramonga aylandi. Uning xet-trigi jamoasiga nabatdagi g'alabani keltirdi. Bu argentinalik futbolchining “Siti” tarkibidagi 11-xet-trigi bo'ldi.
Mazkur g'alabadan keyin Gvardiola shogirdlari hamshaharlari "Manchester Yunayted" bilan oradagi 12 ochkolik farqni saqlab qoldi va turnir jadvalida ishonch bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Uchrashuv statistikasi
Zarbalar: 21-6
Aniq paslar: 90%-58%
Xavfli vaziyatlar: 17-3
To'p bilan muomala: 80%-20%








