APL. "Liverpul" osmonidagi qora bulutlar tarqamayapti, jamoa yana mag'lubiyatga uchradi

7 mar 2021, 21:04
Angliya chempionatining biroz avval yakuniga etgan 27-tur bahsida "Liverpul" Londonning "Fulxem" klubiga imkoniyatni boy berib qo'ydi (0:1).

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol "Fulxem" yarim himoyachisi Mario Lemina mualliflik qildi. Salohdan to'pni tortib olgan futbolchi o'zining kuchli zarbasi bilan "qizillar" darvozasini ishg'ol qildi va o'z jamoasiga 3 ochko olib berdi.

TURNIR JADVALI

Liverpul – Fulxem 0:1
7 mart, 19.00, "Enfild"
Gol:
0:1 – 45 Lemina.
Liverpul – Alisson, Fillips, Uilyams, Robertson, Uilyams (Aleksander-Arnold, 76), Shakiri, Milner (Fabino, 76), Salax, Veynaldum (Mane, 62), Diogu Jota, Keyta.
Fulxem – Areolya, Tete, Andersen, Ayna, Adarabioyo, Lemina, Rid, Kavaleyru (Mitrovich, 85), Dekordova-Rid, Lukman (Robinson, 83), Madja (Loftus-Chik, 67).
Ogohlantirishlar:
Tete (38), Diogu Jota (42), Lemina (47), Keyta (90), Mitrovich (90).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia