APL. “Lester” Vardining penaltidan urgan gollari evaziga safarda yirik g'alabaga erishdi

Eldor Akmurzayev
13 sen 2020, 20:05
Angliya chempionati ilk turidan o'rin olgan “Vest Bromvich” – “Lester” uchrashuvida mehmonlar yirik hisobda zafar quchishdi.

Uchrashuvdagi gollarning barchasi 2-taymda “tulkilar” tomonidan urildi. Avvaliga 56-daqiqada “Lester”ning yangi a'zosi Timoti Kastan hisobni ochgan bo'lsa, 74 hamda 84-daqiqalarda Jeymi Vardi raqib darvozasi tomon belgilangan penaltilarni aniq amalga oshirdi.

Vest Bromvich – Lester 0:3 (0:0, 0:3)

Xotorns

Gollar: 0:1 – 56 Kastan, 0:2 – 74, penalti Vardi, 0:3 – 84, penalti Vardi.

Vest Bromvich – Jonston, Ferlong (Xarper, 69), O`Shi, Adjayi, Bartli, Soyers (Edvards, 68), Diangana, Mateus Pereyra, Livermor, Robinson (Robson-Kanu, 60), Gibbs.

Lester – Shmeyxel, Jastin, Seyundjyu, Kastan, Ndidi, Prat (Meddison, 75), Tilemans, Barns, Mendi, Peres (Olbrayton, 67), Vardi.

Ogohlantirishlar: Jastin (16), Adjayi (63).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia