APL. “Kristal Pelas” o'ziga xos natijaga erishdi

Eldor Akmurzayev
6 dek 2020
Angliya chempionati 11-turi doirasida “Kristal Pelas” mehmonda “Vest Bromvich” ustidan yirik (5:1) hisobda zafar quchdi.

“Burgutlar” o'z tarixida ilk bor APLdan o'rin olgan safardagi bahsda beshta gol urishga erishdi. Jamoa bugun yuqori diviziondagi 404-uchrashuvini o'tkazdi.

Roy Xojson shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 16 taga etkazgan holda turnir jadvalida 11-o'ringa ko'tarildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta