APL. Koronavirus uchun ikki kunda 1 130 ta test topshirildi

Sherzod Nurmatov
31 may 2020, 01:35
Angliya Premer-ligasi 28-29 may kunlari COVID-19 uchun topshirilgan test natijalirini e'lon qildi.

Ikki kun ichida 1130 nafar futbolchi va xodimlar testdan o'tkazildi. Quvonarlisi, hech kimda koronavirus aniqlanmagan.

25-26 may kunlari o'tkazilgan test natijalariga ko'ra, 1008 ta test ichidan to'rt kishida koronavirus aniqlangan.

19-22 may kunlari 996 kishi testlardan o'tdi va ikkita klubning ikki a'zosida koronavirus mavjudligi tasdiqlandi.

17-18 may kunlari 748 kishi tekshirilgan bo'lib, uchta klubning olti nafar insonida test ijobiy natijani ko'rsatgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com