APL klublari mavsumni Avstraliyada yakunlab qo'yishlari mumkin

3 may 2020, 07:02
Angliya premer ligasida ishtirok etuvchi klublarga mavsumning qolgan qismini Avtsraliyada o'tkazish taklifi berildi, deya xabar bermoqda The Sun.

Nashhr jurnalistining bayonotiga ko'ra, liga rahbariyati mavsumning qolgan qismini Avstraliyaning Pert shahrida davom ettirib, mavsumni o'sha yerda yakunlash variantini ko'rib chiqmoqda. Ilgariroq APL klublari vakillari ishtirokida o'tkazilgan videokonferenciyada joriy mavsumning qolgan barcha o'yinlari neytral maydonda muxlislarsiz o'tkazilishi aytilgandi.

“Men klublar vakillari bilan bu borada muzokaralar olib bordim, ularga bu g'oya yoqdi. Shuningdek, hukumat rasmiylariga ham bu borada murojaat qildim, ularga ham bu taklif maqul tushdi. Bu yerda barchasi xavfdan holi. Avstraliya hukumati karantin bilan bog'liq ko'plab cheklovlarni bekor qilishgan”, deya ta'kidladi manba.

1 may holatiga ko'ra, Avstraliyada koronavirusdan kasallanganlar soni 6778 nafarni tashkil etmoqda. 93 ta holatda o'lim qayd etilgan bo'lsa, 5775 nafar kishi butunlay bu darddan xalos bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun