

"Nyukasl" klubining nazorat paketlariga egalik qiluvchi PIF fondi AQSHdagi sud jarayonida ishtirok etmoqda. Unda ma'lum bo'lishicha, fond va klub rahbari Yosir Al Rumayyan Saudiya Arabistoni hukumati bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'langan bo'lishi mumkin.
"Nyukasl" sotilishidan avval Saudiya Arabistoni hukumat sifatida klubni boshqarmasligi borasida shart qo'yilgan edi.



