APL klublari YCHL guruh bosqichida bir-biriga qarshi o'ynashi mumkin

Оқил Абдубарноев
14 may 2024
Bunga ishtirokchi jamoalar sonining ko'payishi sabab bo'lmoqda.

Kelasi mavsumdan boshlab Yevropa Chempionlar ligasi guuruh bosqichida amaldagi 32 klub o'rniga 36 jamoa ishtirok etadi.

Odatdagi reglamentga ko'ra, bir mamlakat jamoalari qur'ada bir-biriga to'qnash kelmaydi. Shunday bo'lsa-da, boshi berk ko'chaga tushib qolmaslik uchun ligada to'rt yoki undan ortiq jamoasi qatnashadigan mamlakat vakillari bir-biri bilan to'qnash kelishi mumkin.

Pley-off bosqichida esa bir mamlakat jamoalari ajratilmaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN