APL klubi yosh futbolchilarni akademiyaga tanlash uchun sun'iy intellektdan foydalanadi

Eldor Akmurzayev
13 yanv 2021, 19:30
“Byornli” o'z akademiyasiga futbolchilarni tanlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalansihni rejalashtirmoqda.

Klub rasmiy sayti xabar berishicha, sun'iy intellekt yordamida iqtidorli futbolchilar saralanadi.

Akademiyada o'qishni istagan 14 yoshdan katta o'yinchilar o'z smartfonlariga maxsus dasturni o'rnatib, turli xil mashqlarni bajargan holatidagi videoroligini yuklashlari mumkin. Keyin esa sun'iy intellekt ularning ko'rsatkichlarini boshqa yosh futbolchilar bilan taqqoslaydi.

Olingan ma'lumotlar esa jonli skautlar tomonidan baholanadi, shundan so'ng futbolchilar klub akademiyasiga qabul qilinishi mumkin.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: burnleyfootballclub.com