APL klubi jamoadagi barchaga qo'l bilan salomlashishni taqiqlab qo'ydi

Alisher
29 fev 2020, 12:55
"Nyukasl" qo'l bilan salomlashishni taqiqlab qo'ydi.

Bunday qaror koronavirus bilan bog'liq. Jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryus bu haqda shtab a'zolariga va xodimlarga e'lon qildi.

Bryus shuningdek vahima qilmaslikni aytdi. Bunday qaror shifokorlarning tavsiyasiga binoan qabul qilingan.

Eslatib o'tamiz, Buyuk Britaniyada kasallikka chalinganlar ko'p emas. Mamlakatda koronavirusga chalingan 19 nafar odam bor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk