APL kechagi barcha o'yinlarda penalti borasida xato qaror qabul qilinganini tan oldi

Alisher
10 iyul 2020, 13:20
Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev APLdagi hakamlik muammolari haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Angliya Premer-ligasi kecha o'tkazilgan barcha o'yinlarda penalti belgilash borasida xatolar bo'lganini tan oldi. "Manchester Yunayted" ham, "Sautgempton" ham mos ravishda "Aston Villa" va "Everton"ga qarshi o'yinlarda penalti tepmasliklari kerak edi. "Tottenxem" esa "Bornmut"ga qarshi o'yinda penalti tepishi kerak edi.

Eng ayanchli holat shundaki, barcha 3 epizodda hakamlar qarorlarni VAR'ning uzoq tekshiruvidan so'ng qabul qilishgan. Biroq uch marta ham xato qarordan voz kechilmadi. Endi VAR tizimining o'zi hakamlar o'yinlarni o'zlari boshqargan paytlaridan kam bo'lmagan miqdorda tanqid qilinmoqda", - deb yozadi Nikimbaev.

Eslatib o'tamiz, APLda restartdan so'ng hakamlar darvoza chizig'ini kesib o'tgan toza golni ham hisobga olishmagan edi.

→ Tushunarsiz holat: APLda "Sheffild"ning toza goli hisobga olinmadi (Foto+video) 

→ Shmeyxel MYUning penaltisi haqida: "Kechirasiz, bu penalti emas. VAR hali ham kulgili ishlar qilmoqda" 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia