APL joriy mavsum eng yaxshi futbolchilari reytingida Saloh yetakchi, Xoland esa o'ninchi o'rinda?

Omonjon To`xtamirzayev
28 yanv 2024, 14:54
FourFourTwo sayti Angliya chempionatining ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchilari reytingini taqdim etdi.

FourFourTwo bugungi kunga kelib, joriy mavsumning eng yaxshi futbolchilari reytingini ma'lum qildi. E'tiborni tortgan bir jihat, jarohat sabab oxirgi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaganiga qaramay, hamon Muhammad Saloh bilan birgalikda to'purarlar poygasida yetakchilik qilayotgan Erling Xoland bor yo'g'i 10-o'ringa loyiq ko'rilgan.

Ro'yxatda 20 futbolchi bo'lib, o'rinlar quyidagicha ko'rinish olgan:

1. Muhammad Saloh ("Liverpul").

2. Rodri ("Manchester Siti").

3. Virdjil van Deyk ("Liverpul").

4. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul").

5. Alisson ("Liverpul").

6. Vilyam Saliba ("Arsenal").

7. Deklan Rays ("Arsenal").

8. Bernardu Silva ("Manchester Siti").

9. Jon MakGinn ("Aston Villa").

10. Erling Xoland ("Manchester Siti").

11. Bukayo Saka ("Arsenal").

12. Son Xyon Min ("Tottenxem").

13. Koul Palmer ("Chelsi").

14. Ruben Diash ("Manchester Siti").

15. Entoni Gordon ("Nyukasl").

16. Olli Uotkins ("Aston Villa").

17. Dominik Solanke ("Bornmut").

18. Duglas Luis ("Aston Villa").

19. Xulian Alvares ("Manchester Siti").

20. Djarrod Bouen ("Vest Xem").

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia