APL jamoalarining barchasi YCHLda o'z guruhida peshqadam + FOTO

Tolibjon Qosimov
18 okt 2017, 12:33
Kecha tunda Chempionlar ligasi 3-turining dastlabki kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Oxirgi yillarda ingliz klublari xalqaro maydonda biroz oqsayotgan edi. Ammo, joriy mavsum oldinga yaxshigina siljish borligini ko'rayapmiz. Ayni paytga kelib, 5ta ingliz klubining barchasi Chempionlar ligasida o'z guruhida peshqadam bo'lib turibdi. To'g'ri, "Tottenxem" "H" guruhida "Real" bilan bir xil ochko yiqqan, to'plar nisbati ham har ikki jamoada teng. Bunday holatda, "shporlar"ni huddi madridliklar singari peshqadam desak xato bo'lmaydi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/goal