APL jamoalari Luninga qiziqishmoqda

Sherzod Nurmatov
21 dek 2023
"Chelsi" va "Nyukasl" klublari Madridning "Real" klubi va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Luninga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "aristokratlar" Robert Sanchesdan norozi, "hakkalar" esa Nik Poup jarohatidan so'ng darvozabon qidirishni davom ettirmoqda. Angliyaliklar ukrainalik futbolchini qishda qo'lga kiritishga harakat qilishadi.

Lunin joriy mavsum La Liga va Chempionlar Ligasida 9 ta o'yinda qatnashib, 6 ta gol o'tkazib yubordi va 4 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.

Oldinroq 24 yoshli ukrainalik "Real"ning asosiy darvozaboniga aylanishi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: elcaso.elnacional.cat