APL. Gvardioladan navbatdagi rekord

Eldor Akmurzayev
13 fev 2023, 08:50
Angliya chempionati 23-turida “Manchester Siti” 3:1 hisobida “Aston Villa”dan qo'li baland keldi.

Pep Gvardiola musobaqadagi yubiley 250-uchrashuvida 184-g'alabasini qo'lga kiritib, bunday natija bo'yicha rekord o'rnatdi. Avvalgi eng yaxshi natija esa “Liverpul” ustozi Yurgen Kloppga tegishli edi – 250 uchrashuvda 160 g'alaba.

Keyingi o'rinlardan Joze Mourinyu (250, 158), Arsen Venger (250, 146), Rafael Benites (250, 138) joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta