APL grandlari "Barselona"ning 21 yoshli iqtidoriga qiziqib qolishdi

Administrator
6 noya 2024, 00:25
Mark Kasadoning o'yini ingliz grandlarining e'tiborini tortdi.

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Mark Kasadoga "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirishmoqda. Bu ikki klub futbolchini o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilishmoqda. 21 yoshli futbolchiga avvalroq "Nyukasl"dan ham taklif bo'lgani aytilgandi.

Ma'lumot uchun, Kasado ushbu mavsumda "Barsa" tarkibida 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra futbolchining tahminiy transfer narxi 15 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Caught Offside