APL grandi Abduqodir Husanovga ko'z tikkan

Alisher
20 okt 2024
"Lans"ning o'zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov APLga yo'l olishi mumkin.

Londonning "Arsenal" klubi Fransiya chempionatining 20 yoshli yulduzini nishonga olgan.

Qayd etilishicha, "Lans" himoyachisi tezligi va sovuqqonligi bo'yicha Villiam Salibaga taqqoslanmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, 9,2 million evro turadigan Husanov "to'pchilar"ning kelajakdagi maqsadiga aylanishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Abduqodir Husanov o'tgan yili YCHL guruh bosqichi doirasida "Arsenal"ga qarshi o'yin o'tkazgan.



AlisherMuallif
Manba: footballtransfers.com