APL. Gollarga boy o'tgan “Aston Villa” – “Sautgempton” uchrashuvi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2020, 19:10
Angliya chempionati 7-turidan o'rin olgan bahsda 7 ta gol urildi.

“Sautgempton” safida Jeyms Uord-Prouz dublga erishgan bo'lsa, Yannik Vestergor va Denni Ings ham o'z hisobiga gol yozib qo'yishdi. Mezbonlardan esa Tayron Mings, Olli Uotkins hamda Jek Grilish javob to'pini urishdi.

Mazkur muvaffaqiyatdan keyin “Sautgempton” turnir jadvalida 13 ochko bilan 3-o'ringa ko'tarildi. “Aston Villa” esa 12 ochko bilan 6-o'ringa tushdi.

Aston Villa – Sautgempton 3:4 (0:3, 3:1)

Villa Park

Gollar: 0:1 – 20 Vestergor, 0:2 – 33 Uord-Prouz, 0:3 – 45 Uord-Prouz, 0:4 – 58 Ingz, 1:4 – 62 Mingz, 2:4 – 90, penalti Uotkins, 3:4 – 90 Grilish.

Aston Villa – Martines, Mingz, Konsa, Targett, Kesh (Al-Muxammadi, 67), Grilish, Makginn, Barkli, Duglas Luis, Traore (Trezege, 29), Uotkins.

Sautgempton – Makkarti, Bednarek (Stivens, 46), Uoker-Piters, Bertran (Diallo, 79), Vestergor, Armstrong, Romeu, Uord-Prouz, Uolkott, Ingz (Long, 85), Adams.

Ogohlantirishlar: Uord-Prouz (12), Kesh (43), Diallo (90).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia