APL. “Everton” g'alabaga erishib, jadvalda MYUdan o'tib ketdi

21 okt 2018, 22:27
APL 9-turi doirasida “Everton” o'z uyida “Kristal Pelas”dan ustun keldi.

“Gudison Park”da kechgan bellashuvda mezbonlar ishonchli g'alabaga erishishdi-2:0.

Ushbu g'alabadan keyin “Everton” turnir jadvalida MYUni ortda qoldirib, 8-pog'onaga ko'tarildi. Liverpulliklar 15 ochko jamg'arishga erishishgan.

Navbatdagi turni “Everton” safarda aynan MYUga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 28 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia