Aynan mana shu vaziyatda jamoalar imkoniyatini alohida tahlil qilishni boshlagandik va kecha “Liverpul”ga to'xtalgandik. Bugun esa “Chelsi” haqida gaplashamiz.
"Chelsi" (34 o'yindan so'ng 75 ochko)
Chempionatdagi qolgan uchrashuvlari: “Sanderlend” (uyda), “Liverpul” (safarda), “Norvich” (uyda), “Kardiff” (safarada)
Mavsum avvalidanoq “aristokratlar” chempionlik uchun asosiy davogar hisoblanishgandi. Chempionat davomida bu favoritlik “Manchester Siti”ga o'tgandek ham bo'ldi. Biroq tajribali mutaxassislar baribir Mourinyo jamoasini g'oliblik uchun asosiy davogar hisoblashda davom etaverishdi.
Masalan Alan Shirer va Alan Xansenlar aprelga qadar ham “Chelsi” chempion bo'lishini takidlashayotgandi. The Telegraph jurnalisti Genri Uinter nima uchun u va boshqalar London jamoasini sovrin uchun favorit deb hisoblashini birgina gap bilan tushuntirib berdi: “Ularda Mourinyo bor, u esa Premer-ligadagi eng kuchli mutaxassis”.
Umuman olganda hammasi Jozening rejasidagidek ketayotgandek edi. Biroq “Aston Villa” va “Kristal Pelas”ga qarshi ikkita safar o'yinidagi mag'lubiyatlar bu rejani izdan chiqishiga olib keldi. Shundan keyin ko'pchilik Mourinyo jamoasini shoxsupaga nomzodlar ro'yxatidan o'chirib tashlashga shoshildi. Biroq biroz muddat o'tib ularning raqobatchilari ham ochko yo'qotdi va hali hech narsa hal bo'lib ulgurmagani ma'lum bo'ldi.
Endi “ko'klar” chempion bo'lishi uchun qolgan to'rtta o'yinda ham g'alaba qozonishi kifoya. O'z uyida bo'ladigan “Sanderlend” va “Norvich”ga qarshi o'yinlarda bu ish uddalanishi ko'p ham shubhalantirmaydi. Elitada jon saqlab qolishga urinayotgan “Kardiff”ga qarshi safardagi o'yin qiyinroq kechishi mumkin. Biroq Mourinyo chempionatda so'nggi pog'onalardan biridagi klub uni sovrindan ayirishiga yo'l qo'ymasa kerak.
Shubhasiz eng muhim “jang” - “Enfild”dagi to'qnashuv bo'ladi. Bu o'yinni hech ikkilanmay chempionat finali, deya atash mumkin. “Liverpul”dan farqli o'laroq “Chelsi”ni bu o'yinda faqat g'alaba qoniqtiradi. Londonliklar himoyasi chempionatdagi eng kuchlilaridan biri. Ammo raqib safida liganing eng kuchli hujumchilari to'p surishini unutmaslik lozim. Mourinyo shogirdlari qarshi hujumlar yordamida yuzaga keltiradigan vaziyatlaridan maksimal darajada foydalanishlari lozim bo'ladi.
“Chelsi” - to'g'ridan-to'g'ri chempionlik uchun raqiblar bilan o'zaro o'yinlarda mag'lubiyatga uchramagan top-guruhning yagona vakili. Biroq “Enfild”da ularni haqiqiy sinov kutib turibdi.
Bu o'yinning o'ylanganidan ham qiyinroq o'tishini uchrashuv Chempionlar Ligasida “Atletiko”ga qarshi ikki o'yin orasida bo'lib o'tishi ham taminlab beradi. Jozeda Evrokuboklarda ishtirok eta olmaydigan zahira ham mavjud. Ular Muhammad Saloh va Nemanya Matichlardan iborat.
Ammo, nima bo'lgan taqdirda ham “ko'k”larga bu o'yinda omadning kulib boqishi ham juda muhim. Mavsum davomida aynan omad ulardan bir necha bora yuz o'girib ulgurdi. Shunday bo'lsa-da “Chelsi” ko'pchilik analitiklar taxminini oqlab, chempion bo'lib ketsa, bu ko'p ham kutilmagan holat bo'lmaydi.
Abror Qodirov tayyorladi