

Biroz avval yakuniga etgan bahsda Frenk Lempard shogirdlari "Uotford"ni mag'lub qilishdi. Gollarga Olive Jiru, Villian va Ross Barkli mualliflik qilgan. Shu tariqa "aristokratlar" turnir jadvalining 4-pog'onasida qoladigan bo'ldi (57 ochko). 5-o'rindagi MYU 2 ochko kam to'plagan.
APL musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Chelsi – Uotford 3:0
5 iyul, 00.00, Stemford Bridj
Gollar:
1:0 – 28 Jiru, 2:0 – 43, penalti Villian, 3:0 – 90 Barkli.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Djeyms, Zuma, Kante (Gilmor, 78), Barkli, Pulishich, Maunt (Xadson-Odoi, 76), Villian (Loftus-Chik, 76), Jiru (Abraxam, 76).
Uotford – Foster, Kabasele, Femeniya (Mazina, 64), Mariappa, Douson, Chaloba, Dukure, Xyuz, Kapu (Uelbek, 58), Sarr (Pereyra, 83), Dini (Kleverli, 64).
Ogohlantirishlar:
Kapu (21), Mariappa (49).




