APL. "Kristal Pelas" "Arsenal"ni 10-pog'onaga tushirib yubordi

21 iyun 2020, 01:51
Angliya chempionati 30-tur bahslari davom etadi.

"Din Kort" maydonida o'tkazilgan "Bornmut" – "Kristal Pelas" uchrashuvida mehmonlarning qo'li baland keldi (0:2). Gollarga  Luka Milivoevich hamda ganalik Jordan Ayyu mualliflik qildi. Ushbu g'alabadan keyin "Kristal Pelas" (42 ochko) "Arsenal"dan yuqorilab 9-o'ringa ko'tarilib olgan bo'lsa, "Bornmut" autsayderlar safida qolishda etadi.

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Bornmut – Kristal Pelas 0:2 

20 iyun, 23.45, "Din Kort"

Gollar:

0:1 – 12 Milivoevich, 0:2 – 23 Ayyu.

Bornmut – Remsdeyl, Steysi, Smit, Ake, Kuk, Lerma, Bruks (Stanislas, 61), Kuk, Uilson (Dandjuma, 46), Uilson, King (Solanke, 49).

Kristal Pelas – Guaita, Keyxill, Denn, van Anxolt, Uord, Milivoevich (Makkarti, 65), Makartur (Ridevald, 89), Kuyate, Zaa, Benteke (Taunsend, 76), Ayyu.

Ogohlantirishlar:

Ayyu (45), Smit (45), Kuk (67), Uord (71), Kuk (86).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia