APL. "Arsenal" so'nggi 5 o'yinda 1 ta gol urdi

51-daqiqada 1 kishi kam bo'lib qolgan "Arsenal" "Lids Yunayted" bilan durangni saqlab qoldi (Angliya chempionatining 9-turi, 0:0).

Mikel Arteta jamoasi APL doirasidagi so'nggi 5 o'yinda faqat 1 bor raqiblari darvozasini ishg'ol qilgan - "Manchester Yunayted" (1:0). Qolgan bahslarda jamoa hujum chizig'ining ishlari umuman yurishmagan - "Aston Villa" (0:3), "Lester" (0:1) va "Manchester Siti" (0:1).

"Arsenal" keyingi turda "Vulverxempton" imtixonidan o'tadi.

"To'pchilar" APLning ortda qolgan 9 turidan keyin 13 ochko bilan musobaqa jadvalining 11-pog'onasini egallab turibdi.


Manba: championat.asia