APL. “Arsenal” ishonchli g'alabaga erishdi va “Vest Bromvich”ni Chempionshipga ravona qildi

Eldor Akmurzayev
10 may 2021, 00:58
Angliya chempionati 35-turi doirasida o'tgan “Arsenal” – “Vest Bromvich” bahsida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Londonliklardan gollarni Emil Smit-Rou, Nikolas Pepe va Villian urgan bo'lsa, raqib safida javob to'pini Mateus Pereyra kiritdi.

“To'pchilar” ochkolari sonini 52 taga etkazgan holda 9-o'ringa qaytdi. 19-pog'onadagi “Vest Bromvich” esa rasman APL bilan xayrlashdi. Avvalroq, “Sheffild Yunayted” Chempionshipga tushib ketgani ma'lum bo'lgandi.

"Arsenal" – "Vest Bromvich" 3:1 (2:0, 1:1)

"Emireyts"

Gollar: 1:0 – 29 Smit Rou, 2:0 – 35 Pepe, 2:1 – 67 Mateus Pereyra, 3:1 – 90 Villian.

"Arsenal" – Leno, Xolding, Chembers, Gabriel, Pepe, Smit Rou (Tirni, 63), Villian, El Nenni, Martinelli (Lyakazett, 60), Sebalos (Parti, 76), Saka.

"Vest Bromvich" – Jonston, Bartli, Ferlong, Adjayi, Taunsend, Fillips, Gallaxer, Robinson (Diangana, 68), Yokushlu, Mateus Pereyra, Dian (Robson-Kanu, 56).

Ogohlantirishlar: Robson-Kanu (62), Sebalos (70), Gallaxer (76).

TURNIR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia