APL. Bugun "Arsenal" va "Nyukasl"ning "ketmoni uchdi"

Angliya chempionati 32-turi doirasidagi 2ta uchrashuv nihoyasiga etdi.

Har ikki uchrashuv gollarga boy bo'ldi. "Din Kort" maydonida "Nyukasl" "Bornmut" darvozasiga 4 bor yo'l topgan bo'lsa, "Arsenal" Londonda "Norvich"ni xuddi shuncha ranjitdi. 

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Arsenal – Norvich 4:0 

1 iyul, 22.00, Emireyts

Gollar:

1:0 – 33 Obameyang, 2:0 – 37 Djaka, 3:0 – 67 Obameyang, 4:0 – 81 Soaresh.

Arsenal – Martines, Tirni, David Luiz, Mustafi (Xolding, 46), Belerin (Soaresh, 77), Sebalos, Djaka, Nelson (Uillok, 58), Kolashinac, Obameyang (Pepe, 82), Lyakazett (Nketia, 76).

Norvich – Krul, Godfri, Aarons, Lyuis, Tetti, Maklin, Kentuell (Shtipermann, 75), Buendia (Ernandes, 46), Tribull (Ida, 46), Rupp (Vranchich, 75), Pukki (Drmich, 46).

Ogohlantirishlar:

Maklin (27), Rupp (31), Martines (63), Vranchich (86), Shtipermann (90).

Bornmut – Nyukasl 1:4 

1 iyul, 22.00, Din Kort

Gollar:

0:1 – 5 Geyl, 0:2 – 30 Longstaff, 0:3 – 57 Almiron, 0:4 – 77 Lazaro, 1:4 – 90 Gosling.

Bornmut – Remsdeyl, Smit, Kuk (Mifem, 80), Ake, Kelli, Bruks (Uilson, 62), Billing (Kuk, 46), Lerma (Gosling, 75), Dandjuma (Stanislas, 62), Solanke, King.

Nyukasl – Dubravka, Mankilo (Yedlin, 73), Lassels, Kraft, Fernandes, Shelvi, Longstaff (Almiron, 33), Bentaleb, Sen-Maksimen (Lazaro, 62), Joelinton (Xeyden, 72), Geyl (Kerroll, 62).

Ogohlantirishlar:

Kelli (23), Ake (45).


Manba: championat.asia