APL. "Arsenal" va "Kristal Pelas" murosa ko'chasini tanlashdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2021, 02:58
APLning 18-turidan o'rin olgan "Arsenal" - "Kristal Pelas" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi. Raqib darvozasi tomon yo'l topa olmagan Arteta shogirdlari to'rt o'yindan buyon davom etayotgan g'alabali seriyalariga shu yerda yakun yasashdi.  

"Arsenal" – "Kristal Pelas" 0:0
"Emireyts" stadioni

"Arsenal" – Leno, Belerin, Xolding, David Luiz, Meytlend-Naylz (Pepe, 65), Djaka, Smit-Rou, Saka, Sebalos (Parti, 69), Lyakazett (Nketia, 81), Obameyang.

"Kristal Pelas" – Guaita, Tomkins, Mitchell, Uord, Kuyate, Eze, Milivoevich (Makkarti, 89), Makartur, Taunsend, Zaa, Benteke (Ayyu, 81).

Ogohlantirishlar: Tomkins (42), David Luiz (67).



Angliya Premer-Ligasi musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing!

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia