

Birinchi bo'limni mezbon jamoa yaxshi boshlagandi. Biroq ikkinchi bo'limda bir necha xatolar Artetaning "Arsenal"idan g'alabani tortib oldi.
Arsenal – Chelsi 1:2
Emireyts
Gollar: 1:0 – 13 Obameyang, 1:1 – 83 Jorjino, 1:2 – 87 Abraxam.
Arsenal – Leno, Meytlend-Naylz, Chembers (Mustafi, 23), David Luiz, Ozil (Uillok, 76), Genduzi, Torreyra, Nelson (Pepe, 86), Lyakazett, Obameyang, Saka.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Zuma, Tomori (Lempti, 59), Emerson (Jorjino, 34), Maunt, Kovachich (Xadson-Odoi, 70), Villian, Kante, Ryudiger, Abraxam.
Ogohlantirish: Genduzi (10), Maunt (30), Kante (30), Ryudiger (34), David Luiz (47), Jorjino (55), Torreyra (73), Lyakazett (77), Meytlend-Naylz (90).


Shu orqali "Chelsi" yaqin taqibchisi "Manchester Yunayted" bilan farqni 4 ochkogacha etkazdi. "Arsenal" esa 12-o'rinda qolgan bo'lsa-da, o'z holatini yomonlashtirmoqda.




