

Manbaga ko'ra, musobaqa formati hali aniq emas, ammo rejalashtirilganidek, unda 6 ta klub ishtirok etadi. Jamoalar ikki guruhga bo'linadi. Turnirga AQSHning sharqiy va g'arbiy sohillaridagi bir qancha shaharlar mezbonlik qiladi.
Avvalroq Angliyaning top-klublari AQSHdagi mavsumoldi turnirlarida bir necha bor qatnashishgan.
"Arsenal" joriy mavsum 27 ochko bilan APLda peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o'rinlarni "Manchester Siti" va "Tottenxem" egallab turibdi (har birida 23 ochkodan). To'rtinchi o'rindagi "Chelsi" hisobida 19 ochko bor. Beshinchi o'ringa "Manchester Yunayted" joylashgan.



