APL. Aprel oyining eng yaxshi futbolchisi nomi e'lon qilindi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
9 may 2018, 15:24
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti chempionatning aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Nomzodlar orasida quyidagi futbolchilar bor edi:

Per-Emerik Obameyyang ("Arsenal")

Kristian Eriksen ("Tottenxem")

Jek Livermor ("Vest Bromvich")

Jordan Pikford ("Everton")

Pol Pogba ("Mancheseter Yunayted")

Raxim Sterling ("Manchester Siti")

Uilfrid Zaxa ("Kristal Pelas")

APL klubi sardorlari, mutaxassislar va muxlislar ishtirok etgan so'rovnomada "Kristal Pelas" futbolchisi Uilfrid Zaxa g'olib bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: premierleague.com