APL. 9 kishi bo'lib qolgan "Arsenal"ni mag'lub qilgan "Vulverxempton" 8 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga nuqta qo'ydi, "Sheffild"dan irodali g'alaba

Mirjalol Normatov
3 fev 2021, 00:56
APLning 20-turi doirasidagi dastlabki uchrashuvlar yakuniga etdi.

Qayd etish kerak, "Vulverxempton" 9 kishi bo'lib qolgan "Arsenal"ni irodali tarzda mag'lub etdi. Shu orqali "bo'rilar" APLda 8 o'yinlik g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. So'nggi marta jamoa 15 dekabr kuni o'z maydonida "Chelsi"ni mag'lub etgandi. "Sheffild" esa mavsumdagi uchinchi g'alabasini qayd etdi.

Sheffild Yunayted – Vest Bromvich 2:1 

"Bremell Leyn"

Gollar: 0:1 – 41 Fillips, 1:1 – 56 Bogl, 2:1 – 73 Sharp.

Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Bashem, Bogl, Igan, Ampadu, Norvud (Makberni, 46), Flek, Landstrem, Boldok (Lou, 44), Makgoldrik, Sharp (Berk, 86).

Vest Bromvich – Jonston, Ajayi, Taunsend, Bartli, O`Shi, Fillips (Gallaxer, 74), Livermor, Mateus Pereyra, Snodgrass, Robinson (Grant, 68), Dian (Robson-Kanu, 68).

Ogohlantirish: Flek (82), Makgoldrik (84), Mateus Pereyra (90).

Vulverxempton – Arsenal 2:1

"Moline Stedium"

Gollar: 0:1 – 32 Pepe, 1:1 – 45, penalti Ruben Nevesh, 2:1 – 49 Moutinyu.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Semedu, Koudi, Boli, Kilmen, Podense (Vitinya, 62), Moutinyu, Netu, Ruben Nevesh (Dendonker, 74), Traore, Villian Joze (Fabiu Silva, 90).

Arsenal – Leno, Belerin, Xolding, Soaresh, David Luiz, Parti (Runarsson, 75), Saka, Smit-Rou, Jaka, Pepe (Obameyang, 61), Lyakazett (Gabriel, 46).

Ogohlantirish: Moutinyu (13), Kilmen (28), Parti (41), Ruben Nevesh (47), Jaka (62).

Chetlatish: David Luiz (45), Leno (72).

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia