APL. "Man Siti"dan gollar shousi, "Vulverxempton" esa mag'lub bo'ldi

9 iyul 2020, 00:16
Angliya chempionati 34-turidan o'rin olgan 3 ta bahs nihoyasiga etdi.

Pep Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" "Nyukasl" darvozasiga javobsiz 5 gol yo'llagan bo'lsa, "Byornli" Londonda minimal hisobda g'alaba qozondi. Nunu Eshpiritu Santu boshchiligidagi "bo'rilar" esa "Sheffild" maydonidan quruq qo'l bilan ortga qaytadigan bo'lishdi. Mazkur o'yinlarda qayd etilgan natijalar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.

Angliya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Manchester Siti – Nyukasl 5:0 

8 iyul, 22.00, Etixad Stedium

Gollar:

1:0 – 10 Gabriel Jezus, 2:0 – 21 Marez, 3:0 – 58, avtogol Fernandes, 4:0 – 65 Silva, 5:0 – 90 Sterling.

Manchester Siti – Ederson, Otamendi, Joau Kanselu (Uoker, 46), Zinchenko, Stounz, Rodri Ernandes (Gyundogan, 46), Silva, Foden (Bernardu Silva, 61), de Bryuyne, Marez (Doyl, 75), Gabriel Jezus (Sterling, 61).

Nyukasl – Dubravka, Rouz, Yedlin, Kraft (Muto, 84), Sher, Lazaro (Mankilo, 66), Ritchi (Atsu, 84), Shelvi (Longstaff, 66), Bentaleb, Fernandes, Joelinton (Geyl, 66).

Sheffild Yunayted – Vulverxempton 1:0 

8 iyul, 22.00, Bremell Leyn

Gol:

1:0 – 90 Igan.

Sheffild Yunayted – Xenderson, Boldok, Igan, Bashem, Stivens, Norvud, Berge, Osborn, O`Konnell, Makberni (Musse, 49), Sharp (Jivkovich, 71).

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Kastro, Boli, Koudi, Doerti, Moutinyu, Saiss, Ruben Nevesh, Traore (Dendonker, 79), Ximenes, Diogu Jota.

Ogohlantirishlar:

O`Konnell (30), Stivens (63).

Vest Xem – Bernli 0:1 

8 iyul, 22.00, Olimpiyskiy stadion

Gol:

0:1 – 38 Rodriges.

Vest Xem – Fabianski, Kressuell, Ogbonna, Diop, Frederiks, Antonio, Rays, Yarmolenko (Aller, 62), Souchek, Bouen, Fornals (Ayeti, 86).

Bernli – Poup, Teylor, Bardsli, Tarkovski, Piters, Braunxill, Vestvud, Maknil, Long, Vydra (Vud, 58), Rodriges.

Ogohlantirishlar:

Tarkovski (58), Frederiks (64).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia