Anxel Di Mariya: Manchester Yunaytedga o'tganimdan baxtiyorman

Narzulla Saydullayev
27 avg 2014, 09:19
Manchester Yunayted klubiga ko'chib o'tgan Anxel Di Mariya o'z fikrlarini bildirdi.
– Manchester Yunaytedga o'tganimdan baxtiyorman. Ispaniyada ajoyib mavsumlarni o'tkazdim, menga bir qator klublar qiziqishdi, ammo Realni tark etishim uchun faqat bitta klub bor edi - Yunayted.

Lui van Gal – ajoyib murabbiy, uning faoliyatiga qarang, barchasi ayon. Barchamiz Yunaytedni yana cho'qqiga olib chiqmoqchimiz.

Tezroq yangi klubim safida maydonga tushishni istayman, – deydi argentinalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Di Mariya MYU bilan 5 yillik shartnoma tuzdi. Angliya klubi futbolchi uchun 59,7 million funt sarfladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru