Anxel Di Mariya finalgacha oyoqqa turishi mumkin

Tolibjon Qosimov
12 iyul 2014, 12:14
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya Germaniyaga qarshi mundial finaliga tuzalishi mumkin.
Futbolchi Belgiyaga qarshi uchrashuvda jarohat olgan edi.
“Anxel tuzalyapti. Finalda o'ynash uchun Di Mariyada imkoniyat bor va biz buning uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Ammo qarorni bosh murabbiy qabul qiladi” – deydi Di Mariyaning agenti Evgenio Lopes.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net