-Anvar Tojievich, O'zbekiston futboli rivojiga katta hissa qo'shgan insonlardan biri sifatida aytingchi, Mustaqillikning ilk yillarida O'zbekiston Chempionati o'yinlarini o'tkazishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgansiz?
A.S: Mustaqillikka erishishimizdan avval, mamlakatda futbolni rivojlantirish juda mashaqqatdi ish edi. 80-yillar ohirida Davlat Sport Qo'mitasi raisi Obid Nazirov meni o'z huzuriga chaqirdi hamda respublikada futbolni rivojlantirish uchun mendan dastur ishlab chiqishimni so'radi. Men unga birinchi navbatda bolalar futbolini rivojlantirish zarurligini aytdim. Har bir viloyatda bolalar uchun maxsus futbol internatlarini tashkil etish lozim edi. Ammo, bularning bari, mustaqillikka erishganimizdan keyin amalga oshdi. 1992 yilda ilk O'zbekiston Chempionati bahslarini o'tkazdik. Chempionatning dastlabki yilida bir yo'la ikki jamoa - Paxtakor hamda Neftchi chempionlikni qo'lga kiritishdi. Tan olish lozim, ilk chempionat bahslarini o'tkazishda juda ko'p kamchiliklar ko'zga tashlandi. Buni tashkiliy masalalardagi kamchiliklar bilan izohlash mumkin. Qolaversa, chempionat o'yinlarida malakali hakam va nazoratchilarning kamchilik ekani ham o'z ta’sirini ko'rsatdi. Biz bu kamchiliklarni sobiq futbolchilarni hakamlik kurslarida o'qitish va ularni Oliy Liga bahslariga tayyorlash orqali yopishga harakat qildik.
-Xalqaro toifadagi hakam sifatida juda ko'plab hakamlarga saboq berdingiz. O'z tajribangizdan kelib chiqib, hozirgi kundagi hakamlik saviyasi ijobiy tomonga o'zgardi deb ayta olasizmi?
A.S: Sobiq Ittifoq Chempionati o'yinlarini boshqarib boradigan hakamlar orasida yagona O'zbekiston vakili edim. Sobiq Ittifoq tarkibidan faqatgina 7 nafar hakam xalqaro o'yinlarni boshqarib borish imkoniga ega edi. Ushbu 7 nafar hakam orasiga kirishdan ko'ra koinotga parvoz qilish osonrok edi. Bugun biz ko'pgina futboli rivojlangan mamlakatlar maqtana olmaydigan jihat - dunyo miqyosidagi hakamlarimizning borligi bilan maqtana olamiz. Bizda juda yuqori saviyali hakamlarimiz bor. Ularni butun dunyo taniydi.
-1998 yilda O'zbekiston Futboli gazetasiga bergan intervyu chog'ida hakamlarning asosiy muammolaridan biri sifatida chet tilini, ayniqsa ingliz tilini bilmasligini aytdgandingiz. Bu muammoni bartaraf etishda qanday choralar ko'rildi?
A.S: Yig'inlar paytida hakamlarga doimo chet tillarini, ayniqsa FIFAning rasmiy tillaridan biri hisoblangan ingliz tilini o'rganishlari zarurligini ko'p bora aytganman. Ermatov, Kovalenko, Seytlin kabi hakamlar bunga jiddiy e'tibor berishdi. Ular mashg'ulotlarga bir qo'lida butsa, ikkinchisida esa ingliz tili lug'ati ko'tarib kelishgani hamon esimda. 1996 yili, hakamlar qo'mitasi Raisi sifatida faoliyati olib borayotgan paytda hakamlar seminariga chet tillari darsini kiritish g'oyasini ilgari surgan edim. Ammo, buni xayotga tadbiq etishning iloji bo'lmadi. O'shanda, yigitlarga bu borada o'zlari mustaqil shug'ullanishlari lozimligini aytganman.
-O'zbekiston milliy terma jamoasi o'yinlari paytida stadionni to'ldirib o'tirgan muxlislarni ko'rib ko'z quvonadi. Ammo chempionat o'yinlarida bunday manzaraga deyarli guvoh bo'lmaymiz. Mamlakatda futbolni ommalashishiga katta hissa qo'shgan inson sifatida, stadionlarga muxlislar tashrifini ijobiy tomonga o'zgartirish uchun nimalar qilish kerak deb hisoblaysiz?
A.S: Milliy terma jamoa o'ynaganda, haqiqatda stadionda bo'sh o'rindiq topolmaysiz va bu, albatta, ko'zni quvontiradi. Qolaversa, televizor qarshisida ham millionlab muxlislar o'yinni kuzatadilar. Buni milliy terma jamoa safida shu yurtda tug'ilib o'sgan futbolchilarning to'p surishi bilan izohlagan bo'lar edim. Klublarda esa, horijdan kelgan futbolchilarning ko'pligi ham rost. Ular bizning mahalliy futbolchilardan ko'ra ko'proq maosh olishadi. Buni muxlislar yaxshi bilishadi. Legioner futbolchilarning deyarli barchasi mamlaktimizga yaxshi pul ishlab olish uchun tashrif buyurishadi. Mamlakatimzdagi ko'pgina stadionlar o'rindiqlarining zamonaviy talablarga javob bermasligini ham bunga sabab sifatida ko'rsatgan bo'lar edim. Birinchi navbatda avtomobillar uchun maxsus to'xtash joylari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Havo juda issiq bo'lgan kunlarda stadionga ichimlik suvini olib kirish mumkin emas. Bu esa noto'g'ri. Muxlislar bunday sharoitda stadionga tashrif buyurishlari qiyin.
-Horijlik mashhur futbolchilarning chempionatimizga tashrif buyurishi mamlakatda futbol ommalashishiga xizmat qiladi degan fikrga munosabatingiz.
A.S: Fikrimcha, ular aksincha o'zimizning mahalliy futbolchilarning o'rnini egallashayapti. Bu yerda ikkita yo'l bor. Birinchisi legionerlarga cheklov qo'yish, ikkinchisi esa, mahalliy futbolchilarning maoshlarini oshirish. Futbolni ommalashtirish uchun esa, master-klasslar o'tkazish ham mumkin. O'z vaqtida Messi hamda Ronaldular tashrif buyurgani kabi. Ammo, bular ham muammoalarga echim bo'la olmaydi. Birinchi navbatda futbolchilar chiroyli va mazmunli o'yin ko'rsatishlari kerak. Futbol - bu muxlislar uchun. Ayrim jamoalar esa buni unutib qo'yishayapti.
-Futbolimiz kelajagi, ayniqsa, mamlakatimizda hakamlar saviyasini oshirishda qanday islohotlarni amalga oshirish lozim deb o'ylaysiz?
A.S: Hozirgi kunda O'zbekiston futbolida amalga oshiralayotgan islohotlarning barchasi mamlakatimiz raxbari Islom Karimovning farmonlari asosida amalga oshirilayapti. Shu bilan birga, O'zbekiston Futbol Federatsiyasiga Mirabror Usmonov rahbar etib tayinlangach, futbolga bo'lgan e'tibor oshdi. Futbolchilarning maoshlari oshirildi. Bir qancha futbol maktablari, akademiyalari qurib bitkazilgani bunga misoldir. Avvalari odamlar kech bo'lganda choyxonalarda yig'ilishardi, hozir esa, kech bo'lishi bilan futbol o'ynagani otlanishadi.
Diyora Otaxonova
O'FF Matbuot xizmati