

2001 yildan 2007 yil oxiriga qadar jamoamiz sharafini himoya qilib, O'zbekiston chempionati va Kubogi, MDH Chempionlari Kubogida "Paxtakor" bilan g'alabalarga erishgan hujumchi yana "sherlar" tarkibidan o'rin oladigan bo'ldi. Shu tariqa jamoamizga davralar oralig'ida yana bir futbolchi kelib qo'shildi. Solievning tajribasi va mahorati jamoamizga ikkinchi davrada qo'l kelishi tabiiy. Bundan tashqari, u yosh hujumchilarimizga turli maslahatlar berib, qimmatli tajribasi bilan ularning o'sishiga yordam berishi, shubhasiz. Faoliyatini "Navbahor"da boshlagan Soliev 2008 yildan buyon "Bunyodkor" safida o'ynab kelgandi.
Endi u yana "Paxtakor" ishqibozlarini o'z gollari bilan quvontirishga harakat qiladi. Biz Anvarga jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishini tilab qolamiz.
Endi u yana "Paxtakor" ishqibozlarini o'z gollari bilan quvontirishga harakat qiladi. Biz Anvarga jamoamizdagi faoliyati omadli chiqishini tilab qolamiz.



