Anvar Soliev: "O'zimni murabbiy sifatida sinab ko'rmoqchiman"

Narzulla Saydullayev
26 dek 2015
Kuni kecha O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tgan xayriya tadbirida ishtirok etgan “Paxtakor” klubi hujumchisi Anvar Solievdan ushbu shou haqida intervyu oldik.

- Shou haqida taassurotlaringiz.
- Taassurotlar a'lo darajada. Bunday tadbirlar, shoular bo'lib turgani yaxshi. Ushbu tadbir Hasanjon Ergashevga bag'ishlab o'tkazildi. Hasanjon sog'ayib kyetib katta futbolchi nomiga sazovor bo'lsa bu bizni baxtimiz. Barchamiz shuni niyat qilib qolamiz.

- Jamoangiz bilan 2016 yilga qay darajada tayyorgarlik ko'ryapsiz?
- Futbolni yakunlash arafasidaman, nasib qilsa “Paxtakor” o'rinbosarlarida o'zimni murabbiy sifatida sinab ko'rmoqchiman.

J.Sotvoldiev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia